Toni Kroos: "Icak haqida ko‘pchilik eshitmagan"
Yopilgan transfer oynasi oldidan 25 yoshli hujumchi Aleksander Isak "Nyukasl"dan "Liverpul"ga ko‘chib o‘tdi. Bu kelishuv qiymati 125 million funtga baholangan.
Mazkur transfer haqida sobiq "Real" yarim himoyachisi Toni Kroos o‘z podkasti "Einfach mal Luppen"da fikr bildirdi.
"Men aytmoqchimanki, taxminan... Ha, tinglovchilarimizning yarmi Icak haqida hech qachon eshitmagan, deb ishonaman. O‘zingiz baholang, chindan ham shunday", – dedi Kroos.
"Uni faqat "Borussiya"dagi o‘yini orqali bilishadi", – dedi uning akasi Feliks.
"Ha, "Borussiya"dagi o‘yinlari bilan. Lekin o‘sha paytda ham u sezilarli darajada ajralib turmagan", – deya xulosa qildi Toni.
Fikrlar