“Top-5” ligada bunaqa rekord bo‘lmagan

  • 5 noyabr, 15:20
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Bundesliga chempioni “Bavariya” Evropa Chempionlar ligasi umumiy guruh to‘rtinchi turini Frantsiyada “Pari Sen-Jermen”ga qarshi o‘tkazib, Luis Diasning ikki goli evaziga mezbonlarni 2:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.

Tecno

Bu natija myunxenliklar uchun tarixiy ahamiyat kasb etdi. “Bavariya” mavsum boshidan beri barcha turnirlardagi g‘alabalar seriyasini 16 ta uchrashuvga etkazib olib, o‘z rekordini yana yangiladi.

Avvalgi rekord Italiyaning “Milan” jamoasiga tegishli bo‘lgan. Milanliklar 1992-1993 yilgi mavsumni ketma-ket 13 ta g‘alaba bilan boshlab rekord o‘rnatgan edi.

“Bavariya” joriy mavsumda “Milan”ning tarixiy natijasini takrorlashdan tashqari, yangi rekord o‘rnatdi va hozircha har bir g‘alabali o‘yindan keyin ko‘rsatkichni yaxshilab bormoqda.

Transfermarkt portali ham bu ko‘rsatkich Evropaning “top-5” ligalaridagi eng yaxshi natija ekanini tasdiqladi. Myunxenliklar 16 ta uchrashuv davomida raqiblar darvozasini 57 marotaba ishg‘ol qilib, atigi 11 ta to‘p o‘tkazib yuborgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!