To‘purarni “Barsa”ga emas, xorijga sotamiz!
Madridning “Atletiko” klubi rahbariyati argentinalik hujumchi Julian Alvaresni hech qaysi klubga sotishni rejalashtirmayapti va uni jamoada uzoqroq olib qolmoqchi.
Ammo agar futbolchi shartnoma talablarini bajarishdan bosh tortsa va “matraschilar” uni sotib yuborishiga to‘g‘ri kelsa, klub Alvaresga yangi jamoani o‘zi tanlaydi.
Alvaresning o‘zi faqat “Barselona”ga o‘tishni istayapti. Madrid superklubi esa, uni Kataloniyaga jo‘natmoqchi emas. Aksincha, “Pari Sen-Jermen”ga transfer qilish variantini ko‘rib chiqadi.
Bu haqida Mundo Deportivo va El Desmarque kabi nufuzli nashrlar xabar qildi.
Mazkur manbalarga ko‘ra, “Atletiko” Alvaresni PSJga sotishga tayyor, chunki ikki klub o‘rtasida yaxshi munosabatlar mavjud.
Shuningdek, fransuzlar argentinalik hujumchi uchun 175 million yevro to‘lashga tayyor ekani haqida madridliklarga ma’lum qilingan. “Barselona” esa transfer summasi bo‘yicha Parij klubi bilan umuman raqobatlasha olmaydi.

Fikrlar