
Torresning "Barselona"dagi kelajagi ma’lum bo‘ldi
"Barselona" hujumchi Ferran Torresning jamoadagi kelajagi bo‘yicha qaror qabul qildi. Bu haqda "Todo Fichajes" nashri xabar berdi.
Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Kataloniya klubi futbolchini qadrlasada, uni asosiy tarkibning mustahkam o‘yinchisi sifatida ko‘rmayapti. "Ko‘k-anorranglilar" yozgi transferlar oynasi Torres bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.
"Barselona" Torresga 50 million evrolik narx belgilagan. Klub rahbarlarining fikricha, bu summa 25 yoshli o‘yinchining darajasiga mos keladi. 2024-2025 yilgi mavsumda Ferran Torres 45 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 7 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar