
Torreyra va Lodeyro Urugvay termasi safiga borib qo‘shildi, bugun Godin va Bentankurlar ham etib keladi
Turnirda Tailand, Urugvay, O‘zbekiston va mahalliy Xitoy terma jamoasi ishtirok etishadi. Lotin Amerika vakillari kecha tongda Amerika qit’asida to‘p tepadigan futbolchilar bilan Xitoyga etib borishgan edi.
Kecha oqshom esa Nikolas Lodeyro, Martin Silva va Lukas Torreyralar Xitoyga etib kelishgan. Bugun kunning dastlabki qismida Gaston Pereyro, Diego Laksalt, Matias Vetsino, Martin Kaseres, Rodrigo Bentankurlar etib kelishadi va Urugvayning tushdan keyin o‘tadigan mashg‘ulotlarida ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi.
Bugun oqshom esa Diego Godin, Xose Mariya Ximenes, Fernando Muslera, Jonatan Rodriges, Matias Suares, Jonatan Rodriges, Federiko Valverde, Kristian Stuani, Jorj de Arraskaeta, Maksi Gomes, Marselo Sarachchilar jamoa safiga qo‘shilishadi.
Ertaga esa Martin Kampanya, Naxitan Nandes va Jovanni Gonsaleslarning kelishi bilan jamoa 22 kishi bo‘ladi va O‘zbekistonga qarshi o‘yin uchun to‘liq tarkibda umumiy guruh mashg‘ulotlari boshlanadi.
Fikrlar