To‘rt nafar bokschimiz finalga yo‘l oldi!

  • 20.06.2026 12:38
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugundan Jahon kubogining yarim final bahslari start oldi.

Dastlab, -48 kg vazn toifasidagi vakilamiz Farzona Fazilova polshalik Anjelika Kristaforszkaga qarshi bahs yuritdi.  Farzona jangda to‘liq ustunlik qildi va 5:0 hisobida zafar quchib, finalga yo‘l oldi. 

- 60 kg vazndagi vakilamiz Sitora Turdibekova ham yarim final jangini o‘tkazdi. Sitoraga bu bosqichda qozog‘istonlik Viktoriya Grefeeva bilan to‘qnash keldi. Qiziqarli kechgan jangda afsuski Turdibekova 1:4 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va bronza medali bilan cheklandi. 

-60 kg vazn toifasida Abdumalik Halokov ham yarim finalda ringga ko‘tarildi.  Abdumalik bu bosqichda bolgariyalik Radoslav Rosenovga qarshi bahs yuritdi. Birinchi raundda 5:0 hisobida ustunlik qilgan vakilimiz ikkinchi raundda ham 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 3 raund ham 4:1 bilan natija bilan yakunlandi. Shu tariqa jang 4:1 hisobida Halokovning g‘alabasi bilan tugadi va u finalga yo‘l oldi.

+80 kg vazn toifasidagi vakilamiz Oltinoy Sotimboeva printsipial raqibasiga aylanib ulgurgan qozog‘istonlik Dina Islombekova bilan kuch sinashdi. Bu ularning joriy yildagi 3- to‘qnashuvi edi. Dastlab “Strandja” turnirida Oltinoy g‘alaba qozongan bo‘lsa, Mo‘g‘ulistondagi Osiyo chempionatida Islombekova zafar quchgandi. Trilogiyada esa vakilimiz 5:0 hisobida g‘alabaga erishib, umumiy hisobni 2:1 ko‘rinishga olib kelish barobarida final masalasini ham hal qildi.

-85 kg vazn toifasida Akmaljon Isroilov yarim final bahsida italyalik Paolo Karusoga qarshi ringga ko‘tarildi. Jang juda murosasiz kechdi. Ammo yakun biz uchun kutilmagan bo‘ldi. Hakamlar 2:3 hisobida Karusoning g‘alabasini e’tirof etishdi.Bizda navbatdagi bronza!

-90 kgda To‘rabek Habibullaev ham yarim final jangida ishtirok etdi. Unga bu bosqichda mezbon, xitoylik Xuezen Xan raqiblik qildi. Jangda to‘liq ustunlik qilgan To‘rabek har uch raundda 5:0 hisobida ustun keldi va final yo‘llamasiga ega chiqdi.

Ma’lumot uchun, bizni oldinda 5 nafar bokschimizning jangi kutmoqda. Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar berdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!