Toshkent uzra qora bulutlar! Yoxud mavsum boshidan beri poytaxt klublarining 3 tasida bosh murabbiy o‘zgardi

  • 10 sentabr, 2022, 17:35
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Kechagina "Bunyodkor" rahbariyatida katta o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Asosiy maqsad jamoaning ayni paytdagi natijalarini yaxshilash. Shu sababdan klub direktori va bosh murabbiy o‘z vazifasidan ozod etildi.

Yodingizda bo‘lsa, "qaldirg‘ochlar"ni yangi mavsumga Shuhrat Maqsudov tayyorladi. Deyarli barcha yulduzlarini qo‘yib yuborgan klub boshqaruvida u 7-o‘rinda borayotgan bir paytda iste’foga chiqarildi. Mana, oradan bir necha oy o‘tib, uning o‘rnini egallagan Karpenkoga ham chiqish eshiklarini ko‘rsatishdi. Endi "Bunyodkor" U21 ustozi Ivan Boshkovich mavsumni yakunlab qo‘yadi. Ivan Toshkent klubining bu mavsumdagi uchinchi bosh murabbiyi bo‘ladi va hali chempionat yakuniga 8 tur bor. Ahvolning qanchalik achinarli ekanini ko‘ryapsizmi?

Maqsudovning iste’fosi ham u qadar mantiqdan emasdi, nazarimda. To‘g‘ri, o‘sha paytda ichki muhitning u qadar yaxshimasligi aytilgan, bu natijalarning pastlashiga sabab bo‘lishi taxmin qilingandi. Biroq ko‘rib turibsizki, "qaldirg‘ochlar"da Pro ligaga tushib xavfi ham yo‘q emas. Bunga vaj qilib tarkib faktorini keltirish mumkin:  Tarkib u qadar kuchli emas!

bunyodkor_1

Qishki transfer oynasida ham, yozda ham "Bunyodkor" ketganlar o‘rnini to‘ldira olmadi. Bugungi tarkibni o‘tgan yilgisi bilan solishtirib ko‘ramiz: Xurshid G‘iyosov, Nurillo To‘xtasinov, Lutfulla To‘raev, Abdulla Abdullaev kabi futbolchilar o‘rniga hozir kim o‘ynayotganiga bir qarang! Bir tomondan murabbiyni tanqid qilish ham biroz mushkul. Toshkentliklar bilan tarkib borasida deyarli teng bo‘lgan jamoalar hozir jadvalning eng quyi pog‘onalarini band etgan. 

Demak, "Bunyodkor" murabbiylari bu mavsum namoyish etgan natijalar bilan tanishing:

Shuhrat Maqsudov

"Bunyodkor" - "So‘g‘diyona" 0:0;

"Qizilqum" - "Bunyodkor" 3:1;

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:1;

"Bunyodkor" - "Dinamo" 2:1;

"Metallurg" - "Bunyodkor" 2:4; (kubok)

"Bunyodkor" - "Surxon" 0:0; (kubok)

"Bunyodkor" - "Buxoro" 5:0; (kubok)

"Neftchi" - "Bunyodkor" 1:3;

"Bunyodkor" - "Olimpik" 1:5;

"Navbahor" - "Bunyodkor" 2:1;

"Bunyodkor" - "Metallurg" 1:1.

maqsudov

Viktor Karpenko

AGMK - "Bunyodkor" 0:0;

"Bunyodkor" - "Nasaf" 1:4;

"Surxon" - "Bunyodkor" 1:0;

"Bunyodkor" - "Qo‘qon-1912" 1:1;

"Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:3;

"So‘g‘diyona" - "Bunyodkor" 2:0;

"Bunyodkor" - "Qizilqum" 1:2;

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0;

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:2 (penaltilar seriyasi 4:5);

"Dinamo" - "Bunyodkor" 1:2;

"Bunyodkor" - "Neftchi" 1:2.

karpenko

Shuhrat Maqsudov 10 o‘yin, 4 g‘alaba, 2 durang 3 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 20-16, 18 ochko, jadvalda 7-o‘rin.

Viktor Karpenko 10 o‘yin, 2 g‘alaba, 3 durang, 6 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 11-17, 9 ochko, jadvalda 9-o‘rin.

"Bunyodkor" mavsum o‘rtasida murabbiyni o‘zgartirgan yagona klub emas. "Paxtakor" va "Lokomotiv" rahbariyati ham kouchlariga chiqish eshigini ko‘rgangandi. Quyida ular haqida ham "ikki og‘iz":

"Paxtakor"

Piter Xyuistra "sherlar"ni shohsupaning birinchi pog‘onasida olib qolishni uddaladi, ammo o‘zi klubdan ketishga qaror qildi. Uning o‘rnini to‘ldirgan Slavche Voyneski avvaliga yoshlarga e’tibor qaratishini ta’kidlab, o‘zini "straxovka" qilgandek bo‘ldi. Umuman olganda, amaldagi chempion uchun mavsum yomon boshlangani yo‘q: Superkubokda bosh sovrin, ikchi birinchilikda yaxshi start, "Navbahor"ga qarshi printsipial o‘yinda g‘alaba va buning ortidan futbolchilardagi ishonch. Ammo OChL barchasini tubdan o‘zgartirib yubordi, aprel oyidagi xalqaro bellashuvlardan so‘ng hech kim "Paxtakor"dan qo‘rqmay qo‘ydi. 

paxtakorr

6 iyulda rasman iste’foga chiqqan makedoniyalik mutaxassis uning ketishi rahbariyat tomonidan iyundayoq qabul qilganini ma’lum qildi. Bu qaror to‘g‘rimidi? Keling, statistikaga nazar tashlaymiz:

Slavche Voyneski

"Paxtakor" - "Nasaf" 1:0 (Superkubok);

"Dinamo" - "Paxtakor" 0:2; 

"Paxtakor" - "Neftchi" 1:0;

"Olimpik" - "Paxtakor" 1:1;

"Paxtakor" - "Navbahor" 1:0;

"Paxtakor" - "Sepaxon" 1:3 (OChL);

"Al-Ta’vun" - "Paxtakor" 0:1 (OChL);

"Al-Duhail" - "Paxtakor" 3:2 (OChL);

"Paxtakor" - "Al-Duhail" 0:3 (OChL);

"Sepaxon" - "Paxtakor" 2:1 (OChL);

"Paxtakor" - "Al-Ta’vun" 5:4 (OChL);

"Metallurg" - "Paxtakor" 0:2;

"Paxtakor" - AGMK 0:0;

"Nasaf" - "Paxtakor" 0:0;

"Paxtakor" - "Surxon" 2:2;

"Qo‘qon-1912" - "Paxtakor" 1:1;

"Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:2;

"Qizilqum" - "Paxtakor" 0:2;

"Paxtakor" - "Bunyodkor" 2:3;

slavche voyneski

Maksim Shatskix

"Paxtakor" - "Dinamo" 3:2;

"So‘g‘diyona" - "Paxtakor" 2:2;

"Neftchi" - "Paxtakor" 0:2;

"Paxtakor" - "Olimpik" 1:1;

"Paxtakor" - "Sho‘rtan" 5:0 (kubok);

"Navbahor" - "Paxtakor" 1:1;

"Navbahor" - "Paxtakor" 2:1 (kubok);

"Paxtakor" - "Metallurg" 2:1.

shatskix

Quyida toshkentliklarning ikki murabbiyining bu mavsumdagi ko‘rsatkichlari bilan tanishish imkoniyatiga egasiz:

Slavche Voyneski 8 g‘alaba, 5 durang, 6 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 27-22, 29 ochko, 4-o‘rin.

Maksim Shatskix 4 g‘alaba, 3 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 17-9, 15 ochko, onlayn jadvalda 1-o‘rin.

"Chellenj"ni davom ettirgan "Lokomotiv" 24 avgust kuni Denis Korostichenkoning iste’foga chiqarilganini e’lon qildi. Uning o‘rnini to‘ldirgan Server Jeparov Denis kabi ilk o‘yinida "Nasaf"dan ochko olishga muvaffaq bo‘ldi. Umuman bu "rokirovka"ni "temiryo‘lchilar"ning maqsadlari o‘zgargani bilan izohlash mumkin. Boisi, Korostichenko kubokdagi g‘alabadan so‘ng o‘z o‘rnini bo‘shatishga majbur bo‘ldi.

Jeparovni oldinda haqiqiy sinovlar kutib turgani aniq. Server O‘zbekiston MTJdagi sobiq jamoadoshi Viktor Karpenko bilan kuzatilgan holat unda takrorlanmasligiga tish-tirnog‘i bilan harakat qiladi.

"Loko" murabbiylarining bu mavsumdagi statistikasi esa quyidagicha:

Denis Korostichenko

"Qizilqum" - "Lokomotiv" 2:0;

"Lokomotiv" - AGMK 2:1;

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:1;

"Lokomotiv" - "Nasaf" 0:1;

AGMK - "Lokomotiv" 1:1 (kubok);

"Lokomotiv" - "Zomin" 2:2 (kubok);

"Lokomotiv" - "Xorazm" 2:1 (kubok);

"Dinamo" - "Lokomotiv" 3:1;

"Lokomotiv" - "Surxon" 2:0;

"Neftchi" - "Lokomotiv" 0:1;

"Lokomotiv" - "Qo‘qon-1912" 1:2;

"Olimpik" - "Lokomotiv" 0:3;

"Lokomotiv" - "Paxtakor" 0:2;

"Navbahor" - "Lokomotiv" 2:0;

"Lokomotiv" - "So‘g‘diyona" 0:1;

"Metallurg" - "Lokomotiv" 1:1;

"Lokomotiv" - "Qizilqum" 1:0;

AGMK - "Lokomotiv" 4:0;

"Lokomotiv" - "Bunyodkor" 0:0;

"Bunyodkor" - "Lokomotiv" 2:2 (penaltilar seriyasi 4:5)

korostichenkoo

Server Jeparov

"Nasaf" - "Lokomotiv" 0:0;

"Nasaf" - "Lokomotiv" 1:0 (kubok);

Denis Korostichenko 7 g‘alaba, 4 durang, 9 mag‘lubiyat to‘plar farqi 20-27, 10-o‘rin. 

Server Jeparov 1 durang, 1 mag‘lubiyat, to‘plar farqi 0-1, onlayn jadvalda 10-o‘rin.

Ko‘rib turganingizdek, Toshkent jamoalarining natijalari u qadar yaxshimas. Shu sababli ham uzoq yillik tanaffusdan keyin O‘zbekiston Kubogi yarim finalida poytaxtdan birorta vakil yo‘q. Jarayon shu tarzda davom etaversa, "Toshkent derbilari"ga bo‘lgan qiziqish butunlay yo‘qolib ketishi hech gap emas.

Javohir Azimov

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!