«Tottenxem» «Atletiko» yulduzi uchun 80 million yevro taklif qilmoqchi

  • 15.10.2026 14:42
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

«Atletiko» yarim himoyachisi Aleks Baena faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Ispaniya terma jamoasi a’zosi bilan Londonning «Tottenhem» klubi jiddiy qiziqmoqda.

La Razon nashri xabar berishicha, «shporlar» «matraschilar» yetakchilaridan biri hisoblangan Baena transferi bo‘yicha qishki transfer oynog‘idayoq kelishuvga erishishni rejalashtirmoqda. Manbaga ko‘ra, londonliklar futbolchi uchun 80 million yevro miqdorida taklif tayyorlamoqda.

Ma’lumotlarga qaraganda, «Tottenhem» hujumkor yarimhimoya chizig‘ini kuchaytirish yo‘llarini izlamoqda. Bunga jamoa yetakchilaridan biri Xavi Simonsning jarohat olishi va natijada «shporlar» hujum salohiyatining pasayib ketgani sabab bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!