
"Tottenxem" futbolchisi Londonda qolishi mumkin
"Tottenxem" yarim himoyachisi Per-Emil Xyoyberg Angliya Premer-ligasining yana bir klubi nishoniga aylandi.
"Shporlar" ustozi Anj Postekoglu daniyalik futbolchiga unchalik ishonmayapti, shu bois futbolchi jamoasini o‘zgartirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqmoqda.
Jurnalist Layall Tomas xabariga ko‘ra, 28 yoshli yarim himoyachiga Londonning boshqa bir klubi - "Fulxem" qiziqish bildirmoqda. Jamoa rahbariyati Xyoybergni "Bavariya"ga ko‘chib o‘tgan Joau Palinega o‘rinbosarlardan biri sifatida ko‘rmoqda.
Per-Emil Xyoyberg o‘tgan mavsum "Tottenxem"ning 39 ta o‘yinida qatnashdi, ammo aksariyat uchrashuvlarda zaxiradan maydonga tushdi. Transfermarkt ekspertlari futbolchining narxini 18 million evroga baholagan.
Fikrlar