
“Tottenxem” “Inter” futbolchisi uchun katta summa to‘lashi kerak
"Tottenxem" "Inter" himoyachisi Milan Shkrinyarga qiziqish bildirmoqda, deya xabar beradi “Sport Witness” nashri.
Manbaga ko‘ra, "shporlar" futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun jiddiy harakat qilmoqda. Londonliklar Italiya klubidan 27 yoshli fulbekni sotib olish uchun kamida 65 million evro to‘lashi kerak bo‘ladi.
Avvalroq, “Inter” muxlislari Shkrinyarni sotilishi mumkinligi borasida o‘z noroziligini bildirgan edi.
Slovakiyalik futbolchiga PSJ ham da’vogarlik qilmoqda.
2021/22 yilgi mavsum Milan “Inter”ning barcha musobaqalar doirasidagi 48 ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 4 ta gol yozdirib qo‘ygan. Himoyachining klub bilan shartnomasi 2023 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi.
Fikrlar