"Tottenxem" MYu va "Liverpul" qiziqayotgan futbolchi uchun kurashga qo‘shildi

  • 28 noyabr, 2023, 21:54
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi qishki transferlar oynasida tarkibni kuchaytirishni maqsad qilgan. Sababi, jarohatlar klub natijalariga sezilarli ta’sir o‘tkazdi va safda bo‘lmagan futbolchilar o‘rni to‘ldirilishi lozim. 

Shuni inobatga olgan jamoa rahbariyati yanvar oyida "Nitstsa" himoyachisi Jan-Kler Todiboni sotib olishga urinib ko‘radi. Uning uchun frantsiyaliklar 40 million evro so‘rashmoqda. 

Todiboga "Tottenxem"dan tashqari "Manchester Yunayted" va "Liverpul" kabi grand jamoalar ham qiziqish bildiryapti. Bu esa himoyachining narxi sun’iy qimmatlashishiga sabab bo‘lishi mumkin. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!