"Tottenxem" o'zining ishonchli himoyachisini saqlab qolmoqchi

  • 11.05.2026 19:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Tottenxem" rahbariyati jamoa himoyachisi Mikki van de Ven bilan shartnomani uzaytirish ustida ish olib bormoqda.

Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, "shporlar" evropalik klublar qiziqishi ortib borayotgan niderlandiyalik futbolchini yo‘qotishni istamayapti. Shu sababli, klub amaldagi shartnoma 2029 yilgacha tuzilganiga qaramasdan, u bilan yangi kelishuv imzolashni rejalashtirmoqda.

Qayd etilishicha, Mikki van de Ven hozircha yakuniy qaror qabul qilishga shoshilmayapti. U mavsum yakunlanishini va "Tottenxem"ning Angliya Premier-ligasida qolish-qolmasligini kutishni xohlamoqda.

35 turdan keyin Roberto De Zerbi shogirdlari 37 ochko bilan musobaqa jadvalida 17-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!