“Tottenxem” qishda olingan yulduzdan tezroq qutilmoqchi
Angliya Premier-ligasida qolish uchun kurashayotgan Londonding “Tottenxem” klubi rahbariyati jamoa yarim himoyachisi Konor Gallaherdan tezroq qutilishga qaror qildi.
Shu bois, angliyalik futbolchi yozgi transfer oynasi davrida jamoani tark etishi mumkin. Bu haqida Football Insider xabar bermoqda.
Manba ma'lumotiga ko‘ra, “shporlar” 26 yoshli futbolchi bilan xayrlashishga tayyor va unga Premier-liganing bir nechta klublari qiziqish bildirmoqda.
“Tottenxem” vakillari Gallaher Lukas Bergvall va Pape Matara Sarning xususiyatlarini takrorlaydi, deb hisoblashmoqda, shu sababli uning ketishi og‘ir yo‘qotish bo‘lmaydi.
“Tottenxem” Gallaherni o‘tgan qishda “Atletiko Madrid”dan 40 million yevroga sotib olgan edi. Yarim himoyachi “shporlar” safida 12 ta o‘yinda qatnashib, bir marta golli uzatma amalga oshirgan.
Aslida “Chelsi” tarbiyalanuvchisi bo‘lgan Konor Gallaherning “Tottenxem” bilan mehnat shartnomasi 2031 yil yozigacha mo‘ljallangan. Futbolchi ayni paytda 35 million yevroga baholanmoqda.

Fikrlar