
"Tottenxem" tarkibida katta yo‘qotish
"Tottenxem" darvozaboni Gilelmo Vikario jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi. Bu haqda klub rasmiy sahifasi ma’lumot berdi.
Jamoa bosh murabbiyi Ange Postekoglu posbonning holati haqida gapirdi.
- Darvozabonning qaytishi bir necha oyga cho‘zilishi mumkin. Men muddatlarni bunday erta e’lon qilishni ma’qul ko‘rmayman. Sababi, bu futbolchiga ortiqcha bosim o‘tkazadi. Menimcha, tiklanish jarayonidan so‘ng, u mashg‘ulot maydoniga qaytganda, biz aniqroq ma’lumotga ega bo‘lamiz, - dedi turkiyalik mutaxassis.
Ma’lumot uchun, futbolchi dushanba kuni to‘pig‘idan olgan jarohatidan so‘ng jarrohlik amaliyotini o‘tkazdi.
Fikrlar