"Tottenxem" yangi murabbiy izlamoqda

  • 15 aprel, 17:07
  • Jahongir Inomjonov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" klubi rahbariyati yangi bosh murabbiy lavozimiga bir nechta nomzodni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda "Teamtalk" nashri xabar berdi.

Hozirgi murabbiy Anje Postekog‘lu chempionatdagi qoniqarsiz natijalari tufayli iste’foga chiqarilish arafasida turibdi. Ayni paytda jamoa turnir jadvalining o‘n beshinchi pog‘onasida bormoqda, bu "shporlar"ning 1994 yildan buyon eng yomon natijasi hisoblanadi.

Hozircha murabbiyning Evrokuboklar orqali o‘zini oqlash imkoniyati saqlanib qolmoqda. Evropa Ligasida uning shogirdlarini "Ayntraxt" bilan javob uchrashuvi kutmoqda (birinchi o‘yinda 1:1 hisobi qayd etilgan edi).

"Tottenxem" "Bornmut" bosh murabbiyi Andoni Iraolaning xizmatlariga juda katta qiziqish bildirmoqda, biroq rahbariyat uning ketmasligi uchun barcha choralarni ko‘rishni rejalashtirgan. Postekogluning o‘rniga boshqa nomzodlar qatorida "Fulxem"dan Mark Silva va "Brentford"dan Tomas Frank ham tilga olinmoqda.

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!