
"Tottenxem" yaponiyalik futbolchini o‘z safiga qo‘shib olmoqchi
"Real Sosedad"ning hujumkor yarim himoyachisi Takefusa Kubo faoliyatini Angliyada davom ettirishi mumkin. Bu haqda "Mundo Deportivo" nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, yaponiyalik futbolchining xizmatlariga Londonning "Tottenxem" klubi qiziqish bildirmoqda. Ingliz klubi rahbariyati 23 yoshli osiyolikning transferi uchun 50 million evro taklif qilgan. Ispaniya klubi esa Kuboni sotishdan kamida 60 million daromad olmoqchi.
Ma’lumot uchun, Takefusa o‘tgan mavsumda basklar safida 41 ta o‘yinda ishtirok etib, ettita gol urdi va beshta golli uzatmani amalga oshirdi. Tomonlar o‘rtasidagi mehnat shartnomasi 2029 yilning yozida tugaydi.
Fikrlar