
Totti EChL finalida kimga muxlislik qiladi?
"Roma"ning sobiq futbolchisi Franchesko Totti UEFA Chempionlar ligasida butun Italiya "Inter"ga muxlislik qilishi haqida gapirdi:
"Bu, albatta buyuk final bo‘ladi. Sababi, Chempionlar ligasi finali bir vaqtning o‘zida ham dahshatli, ham ta’sirli, ham qo‘rqinchli o‘yin. Ajoyib yo‘lni bosib o‘tgan ikkita ajoyib jamoa uchrashadi.
Finalda Italiya klubi borligidan xursandmiz. Luis Enrikega qarshi hech narsamiz yo‘q, lekin o‘ylaymanki, butun Italiya "Inter"ga muxlislik qiladi. Enrike - ajoyib inson bo‘lishidan tashqari, ajoyib murabbiy hamdir" - deya ta’rif berib o‘tdi italiyalik afsona.
Eslatib o‘tamiz, PSJ - "Inter" o‘rtasidagi bellashuv 31 may kuni soat 00:00 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar