Touni: "Men uchun Saudiya ligasi APL bilan bir xil darajada"
"Al-Ahli" klubi hujumchisi Ayven Touni Krishtianu Ronalduning Saudiya ligasi darajasi haqidagi gaplariga qo‘shildi. Avvalroq, "An-Nasr" forvardi Saudiya Arabistoni chempionati top-5 ligalar qatoriga kirishini aytgandi.
"Ronaldu butun dunyoni kezib chiqdi va ehtimol mendan ko‘ra ko‘proq narsani biladi, chunki men faqat Premer-liga, Chempionship, shuningdek, Angliya birinchi va ikkinchi ligalarida o‘ynaganman.
Men uchun Saudiya Arabistoni ligasi Premer-liga bilan bir xil darajada. Agar "Al-Ahli" Premer-ligada bo‘lganida, yomon harakat qilmasdik va kuchli to‘rtlikka yaqin bo‘lardik. Bu sifatli liga va odamlar buni tan olishlari kerak.
"Al-Hilol" "Manchester Siti"ga qarshi o‘ynab, ularni mag‘lub etganini ko‘rdik (klublar o‘rtasidagi jahon chempionati 4:3 hisobida). Men tvit yozmoqchi edim, lekin uyda meni o‘ldirishlari mumkin edi, shuning uchun indamadim. Lekin odamlar "Hilol" darajasini ko‘rdi.
Saudiya Arabistonida daraja yuqori. Bu erda futbol o‘ynashni bilishadi. Bu erda futbolchilar Premer-ligadagidek mashhur emas, ammo o‘ynashga qodirlar ko‘p", - deydi "Al-Ahli" hujumchisi.



Fikrlar