“Tour of Bostonliq” musobaqasining g‘olibi ma’lum

  • 30.04.2026 12:20
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Velosport
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Toshkentda veloshosse bo‘yicha “Tour of Bostonliq” poygalari yakunlandi. Ikkinchi kun o‘tkazilgan bellashuvlarda erkaklar 162.8 km, ayollar 113 km masofada bellashishdi.

Dastlabki bosqichda katta tafovut bilan g‘alaba qozongan “7 Saber Uzbekistan Women Cycling Team” a’zosi Shahnoza Abdullaeva yakunda musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi. Ikkinchi bosqichda kuchli uchlikdan joy olmagan bo‘lsa ham, peloton bilan finish chizig‘ini bosib o‘tganini uning ayollar o‘rtasidagi poygalarni g‘alaba qozonishini ta’minladi.

O‘zbekiston terma jamoasining yetakchisiga aylangan Sergey Rostovsev shiddatli kechgan 2-bosqichda ikkinchi natijani qayd etdi. Afsuski, bu unga umumiy klassifikatsiyada sovrindorlar qatoridan joy olish uchun kamlik qildi. Bu haqida MOQ xabar bermoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!