Transferlarga eng ko‘p pul sarflagan murabbiylar reytinggi e’lon qilindi

  • 9 oktabr, 2024, 16:30
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Betimate nashri transferlarga eng ko‘p pul sarflagan murabbiylar reytingini e’lon qildi. Bu borada birinchilikni Angliyaning "Manchester Siti" klubi bosh murabbiyi Xosep Gvardiola egalladi. Ispaniyalik mutaxassis o‘zining murabbiylik faoliyati davrida klublar yangi o‘yinchilar uchun 1,72 milliard funt sarflagan.

Tecno

Ikkinchi o‘rindan “Fenerbaxche”ni boshqarayotgan Joze Mourino joy oldi. Portugaliyalik mutaxassisning bu boradagi ko‘rsatkichi 1,6 milliard funtni tashkil qildi.

Kuchli uchlikni “Real” bosh murabbiyi Karlo Anchelotti yakunlab berdi. Italiyalik tajribali mutaxassis o‘zi ishlagan jamoalarda yangi futbolchilar sotib olish uchun jami 1,5 milliard funt sterling sarflagan. Bu boradagi kuchli beshlikda, shuningdek, Massimiliano Allegri (1,19 milliard funt) va Diego Simeone (1,19 milliard funt) qayd etildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!