
Trent “Real”da sevimli raqamidan voz kechadi
“Liverpul” bilan Angliya chempionligiga erishgan Trent Aleksander-Arnold faoliyatini Madridning “Real” klubida davom ettiradigan bo‘ldi.
Madrid superklubida angliyalik himoyachi o‘zi yoqtirgan 66-raqamni almashtirishiga to‘g‘ri keladi.
Chunki La Liga reglamenti bo‘yicha jamoa o‘yinchilari o‘zlariga birdan 25 gacha bo‘lgan raqam tanlashi mumkin.
Trent faoliyati davomida 2, 15, 17 va 18-raqamlar ostida ham to‘p tepgan. Biroq “Real”da bu raqamlarning bari band. Endi mashhur himoyachi o‘ziga boshqa raqam tanlaydi.
Fikrlar