Turkiya Superligasi. Shomurodov gol va assist qayd etgan uchrashuvda "Istanbul Bashakshehir" ishonchli hisobda raqibini engdi

  • 14.12.2025 23:51
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol

Turkiya Supeligasining 16-turidan o‘rin olgan bahsda "Istanbul Bashakshehir" safarda "Samsunspor"ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. 
 
Bellashuvning birinchi bo‘limida muxlislar gol ko‘rishmadi. 66-daqiqada esa O‘zbekiston milliy terma jamoamiz hujumchisi va sardori hisoblangan Eldor Shomurodov himoyachilarning xatosidan unumli foydalanib, hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 83-daqiqaga kelib, Shomurodovning uzatmasidan so‘ng Bertug Yildirim farqni ikkitaga etkazib qo‘ydi va o‘yinga nuqta qo‘ydi. 
 
Abbosbek Fayzullaev 67-daqiqada zaxiraga olingan bo‘lsa, Eldor Shomurodov 87-daqiqada almashtirildi. 
 
Ma’lumot o‘rnida, "Istanbul Bashakshehir" mazkur g‘alabadan so‘ng ochkolar sonini 20 taga etkazib olib, 8-o‘ringa ko‘tarildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!