Turkiya terma jamoasi afsonasi nega AQShda taksistlik qilyapti?

  • 13 yanvar, 2020, 20:52
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Turkiya terma jamoasi sobiq hujumchisi Hoqon Shukur Turkiya prezidenti Rejep Tayeb Erdogan bilan oradagi kelishmovchilik sabab hayoti qiyin axvolga tushib qolganini aytdi.

Tecno

Gap shundaki, u 2016 yil ijtimoiy tarmoqlarda mamlakat rahbariini keskin tanqid qilgan. Shundan so‘ng sobiq futbolchini terrorchiga chiqarishdi va ushbu ayblovdan qutulish maqsadida u AQShga qochib ketdi. U San-Frantsiskoda kafe ochdi. Biroq, oradan ma’lum vaqt o‘tgach u erda ham ta’qibga uchradi va kafeni yopishga majbur bo‘ldi. Keyin Vashingtonga ketdi.

Ayni damda u AQSh poytaxtida taksistlik qilmoqda va kitob sotmoqda.

“Meni hech narsam qolmadi. Erdogan hammasini tortib oldi. Mendan so‘z erkinligini va ishimni tortib olishdi”, - deydi Shukur.

Ma’lumot uchun, Hoqon Shukur 1992-2008 yillarda Turkiya terma jamoasi sharafini himoya qilgan. U 2002 yil Turkiya terma jamoasi safida mundialda bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!