
Turkiyalik mashhur MMA jangchisi Mahmud Muradov promousheni bilan shartnoma imzoladi (foto)
Xabaringiz bor, yurtimizning ko‘zga ko‘ringan sportchilaridan biri, UFC jangchisi Mahmud Muradov yangi promoushenga asos soldi.
"Muradov_professional_Liga" nomini olgan mazkur promoushen turkiyalik sportchi Qodir Dalkran bilan shartnoma imzoladi. Ushbu jangchi professional MMAda 5 bor oktagonga ko‘tarilgan va 3 bor sabmishen evaziga g‘alaba qozongan. 2 ta to‘qnashuvda imkoniyatni boy bergan.
Avvalroq, o‘zbekistonlik mashhur sportchilar Shoxasan Mirzamatov hamda Bahodir Bakiev ham Muradov ligasida ishtirok etishi aniq bo‘lgandi.
Ma’lumot uchun, 22 oktyabr kuni poytaxtimiz "Muradov_professional_Liga"ning ilk turniriga mezbonlik qiladi. Hozircha to‘liq fayt-kard ma’lum emas.
Fikrlar