
"Turon" derbida "Neftchi"ni mag‘lub etib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi!
Bugun Farg‘onadagi “Istiqlol” stadionida Pro liga 20-turining oxirgi bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda Farg‘ona viloyatining ikki jamoasi "Neftchi" hamda "Turon" Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritish uchun maydonga tushdi.
Bellashuvda "Turon" vakili Javohir Sohibov penaltidan gol ura olmadi. Ammo ikkinchi bo‘limning 81-daqiqasida "Neftchi" klubining markaziy himoyachilaridan o‘tgan to‘pni “Turon” futbolchisi Asilbek Qayumov darvozaga kiritdi. Natijada "Turon" kichik hisobda g‘alaba qozonib, Superliga yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. "Neftchi" esa pley-off orqali Superligaga chiqishga urinib ko‘radi.
Pro liga, 20-tur
"Neftchi" - "Turon" 0:1
Gol: Asilbek Qayumov 81
Gol urilmagan penalti: Javohir Sohibov penalti 16
Pro liga yakuniy turnir jadvali
Fikrlar
Хозир бугунги даврларда бу килиги учун кечирилмайди..
Ахир профессионал клубку
Килган иши махаллани ёш болларидан хам утиб тушди.
Жамоани керак болса про-лигадан хайдаб
2-лигага тушириш керак