
Tuxel “Liverpul”da porlagan yulduzni chorlayapti
“Chelsi” bosh murabbiyi Tomas Tuxel maydon markazini kuchaytirish borasida bosh qotirmoqda. Shu bois, “aristokratlar” markaziy yarim himoyachilarni nishonga olyapti.
Germaniyalik mutaxassis hozir PSJda o‘ynayotgan Jorjino Veynaldumni Angliya premer-ligasiga qaytarmoqchi. Niderlandiyalik yarim himoyachi yulduzli onlarini “Liverpul”da o‘tkazgan. O‘tgan yozda uni Ronald Kuman “Barselona”ga chaqirgandi. Biroq, futbolchi katta maosh va’da qilgan PSJni tanladi.
Parijda esa Veynaldumning omadi chopmadi. Maurisio Pochettino uni asosiy o‘yinchilar qatoriga qo‘shgani yo‘q. Etarli o‘yin amaliyotiga ega bo‘lmayotgan Jorjino yaqinda Frantsiya chempionatini tark etish istagini bildirdi.
Albatta, sobiq jamoasi atrofidagi yangiliklarni kuzatib borayotgan Tomas Tuxel bu vaziyatni ko‘zdan qochirgani yo‘q. Qolaversa, nemis mutaxassisi PSJ xo‘jayinlarini norozi futbolchini yanvarda ijaraga jo‘natishga ko‘ndira olishiga ishonmoqda.
Fikrlar