
U-23. Bugun O‘zbekiston Maliga qarshi maydonga tushadi
Xabaringiz bor, Olimpiadaga qadar Temur Kapadze shogirdlari bir nechta o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazishadi. Shular qatorida Maliga qarshi ikkita bellashuv bizni kutib turibdi.
Bugun "Bunyodkor" stadionida Mali bilan birinchi bahs bo‘lib o‘tadi. Mazkur to‘qnashuv soat 19:00da start oladi. Ikkinchi o‘yin esa 10 iyun kuni o‘tkaziladi.
Shuningdek, Kapadze Olimpiadagacha yana bitta terma jamoaga qarshi o‘ynash rejada borligini aytib o‘tgan. Tez orada uning nomi ma’lum bo‘ladi.
Fikrlar