U Aguero o‘rnini egallaydi

  • 8 noyabr, 2021, 14:22
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

“Barselona” yurakdagi muammolar sababli uzoq muddatga safdan chiqqan Serxio Aguero o‘rniga yangi hujumchi qidira boshladi. Ayni paytda, kataloniyaliklar “Arsenal” hujumchisi Per-Emerik Obameyang transferi haqida bosh qotirmoqda.

Aslida “Barselona” o‘tgan mavsumda ham gabonlik hujumchiga xaridor bo‘lgandi. Lekin o‘shanda Obameyang katta maosh evaziga “Arsenal”da qolishga qaror qilgan.

Xabarlarga ko‘ra, “Barselona” qishki transferlar ochilishi bilan tajribali hujumchini sotib olishga harakat qiladi.

Joriy mavsumda bu hujumchi o‘nta uchrashuvda ishtirok etib, ettita gol va ikkita golli pas muallifi bo‘ldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!