Uch nafar superforvardga “ov” boshlandi

  • 07.12.2024 18:00
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol

Nufuzli manbalardan Caught Offside nashrining ma’lum qilishicha, Londonning “Arsenal” va “Chelsi” kabi qudratli klublari jahon miqyosidagi to‘purar hujumchilarni o‘z safiga qo‘shib olish uchun o‘zaro raqobatga kirishdi.

Har ikki klub nishonda uch nafar hujumchi bor. Bu borada manfaatlar to‘qnashuvi yuzaga kelmoqda.

Angliya grandlari quyidagi uch forvardni Premer-ligaga ko‘chirib kelmoqchi:

Aleksandr Isaak (“Nyukasl”) – 14 ta uchrashuvda 6 ta gol

Viktor Osimxen (“Napoli”, “Galatasaroy”da ijarada) – 12 ta uchrashuvda 9 ta gol

Dushan Vlaxovich (“Yuventus”) – 16 ta uchrashuvda 9 ta gol.

Bu klublar “Sporting”da tinimsiz gol urayotgan Viktor Dyokereshni ham nishonga olgan edi. Biroq shved hujumchisi o‘zi shu darajaga ko‘targan Ruben Amorim ortidan “Manchester Yunayted”ga o‘tishga moyillik bildirmoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!