UEFA Chempionlar ligasining yangi formatini ma’qulladi. Endi EChL ham o‘zgaradimi?

  • 19 aprel, 2021, 15:51
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA Chempionlar ligasini isloh qilishni ma’qulladi. Yangilangan turnir 2024 yilda boshlanadi.

Deutsche Welle tarqatgan xabarga ko‘ra, yangilangan EChL musobaqasida hozirgidek 32ta emas, 36ta jamoa ishtirok etadi. Bundan tashqari, Chempionlar ligasi saralashidan o‘ta olmagan grand klublarga qo‘shimcha o‘rinlar taqdim etiladi.

Yangi formatga ko‘ra, EChL guruhlarga bo‘linmaydi va bitta yaxlit liga ko‘rinishida bo‘ladi. Eng yaxshi 8 ta jamoa pley-offga yo‘l oladi. Qolganlari yangi pley-off bosqichida qatnashadi.

Yangilangan Chempionlar ligasida barcha klublarga kamida 10 ta uchrashuv va daromadni ko‘paytirish kafolatlangan bo‘ladi.

Kecha Evropaning 12 ta eng yaxshi klublari Evropa Superligasi tashkil etilganini rasman e’lon qildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!