UEFA hamon Isroilni xalqaro turnirlardan chetlatishni qo‘llab-quvvatlamoqda

  • 25 sentabr, 18:33
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA kelasi hafta Isroil bo‘yicha qaror qabul qiladi. Ijroiya qo‘mitasining aksar a’zolari Isroilni turnirlardan vaqtincha chetlatishni qo‘llab-quvvatlamoqda. 

Avvalroq, BMT'ning sakkiz nafar eksperti FIFA va UEFAni Falastinda davom etayotgan genotsidga javoban Isroil terma jamoasi faoliyatini to‘xtatishga chaqirgandi. 

Chorshanba kuni UEFA Isroil jamoalarining faoliyatini ta’qiqlamasligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Bu AQSh va ba’zi futbol rasmiylari tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. 

"The Times" nashrining yozishicha, UEFA ijroiya qo‘mitasi a’zolarining mutlaq ko‘pchiligi Isroilni chetlashtirishni qo‘llab quvvatlamoqda. UEFA bu masala bo‘yicha qarorni kelasi hafta qabul qilishi kutilmoqda. 



 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!