
UEFA juda katta zarar ko‘rmoqda
Evropa klublari assotsiyatsiyasi raisi Andrea Anelli koronavirus pandemiyasi oqibatlari haqida gapirdi.
"Cheklovlar tufayli Chempionlar Ligasi va Evropa Ligasi tanaffus e’lon qilgani sababli, UEFAning televidenie daromadi 575 mln evroga kamaydi. Garchi turnirlar keyinroq tugatilgan bo‘lsa-da, kichik format zararni kamaytira olmadi.
Premer-liga 330 mln, Bundesliga esa 200 mln evro yo‘qotganini ko‘rdik. Endi biz UEFA bilan ChL va EL televizion huquqlari uchun to‘lovlarni 575 mlnga kamaytirishni nazarda tutadigan shartnoma bo‘yicha kelishib oldik", dedi Anelli
Fikrlar