UEFA mavsumning eng yaxshi murabbiyi bo‘lishga nomzodlarni e’lon qildi. Ularning barchasi germaniyalik

  • 23 sentabr, 2020, 15:48
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA ortda qolgan 2019/20 yilgi mavsumning eng yaxshi bosh murabbiyiga nomzodlar ro‘yxatini e’lon qildi.

Tecno

Tashkilot rasmiy saytidagi ma’lumotga ko‘ra, ushbu nomga Xans-Diter Flik («Bavariya»), Yurgen Klopp («Liverpul») va Yulian Nagelsmann («RB Leyptsig») nomzodi da’vogarlik qilmoqda.

Flik qo‘l ostidagi “Bavariya” o‘tgan mavsum Germaniya chempionati va kubogi, qolaversa, Chempionlar ligasida bosh sovrinni qo‘lga kiritdi va trebl qayd etdi.

Klopp esa “Liverpul”ni 30 yillik tanaffusdan so‘ng yana Angliya chempioni qildi.

Nagelsmann “RB Leyptsig”ni o‘z tarixida birinchi marta Chempionlar ligasi yarim finaliga olib chiqdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!