UEFA prezidenti: Biz boshqa bunday qilmaymiz

  • 9 iyul, 2021, 19:26
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

UEFA prezidenti Aleksandr Cheferin Evropa chempionatini qit’aning bir qator shaharlarida o‘tkazish tajribasini takrorlashga qarshi chiqdi.

Aytish kerakki, “Evro-2020” o‘yinlari Evropaning 11 ta shahrida o‘tkazildi.

“Agar mendan so‘rasangiz, men endi bu fikrni qo‘llab-quvvatlamayman. Menimcha, bu juda qiyin.

Qaysidir ma’noda ba’zi jamoalarga 10 000 km, boshqalari 1000 km dan ortiq masofani bosib o‘tishlari kerakligi noto‘g‘ri. Bu muxlislar uchun adolatdan emas. Ba’zi muxlislar Rimda, bir necha kundan keyin esa Bokuda bo‘lishlari kerak. Bu 4,5 soatlik parvoz deganidir.

G‘oya qiziq, ammo uni amalga oshirish qiyin. O‘ylaymanki, biz boshqa hech qachon bunday qilmaymiz”, - dedi Cheferin.

11 iyul kuni Londondagi “Uembli” stadionida “Evro-2020” ning final uchrashuvi bo‘lib o‘tadi. Hal qiluvchi bahsda Italiya va Angliya terma jamoalari o‘zaro bahs yuritadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!