UEFA rejasini o‘zgartirmaydi

  • 27 yanvar, 2021, 14:23
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Evropa chempionati-2021" bahslari oldin rejalashtirilganidek, 12 ta shaharda o‘tkaziladi. Independent nashriga ko‘ra, ushbu masala bo‘yicha UEFA rejalariga o‘zgartirish kiritmoqchi emas.

Tecno

Tashkilot turnirni bitta yoki bir qancha davlatlarda o‘tkazish bo‘yicha bildirilgan taklifga rad javobini berishi mumkin. Qayd etilishicha, bir o‘yinda stadion sig‘imiga qarab, 25 foiz muxlis kiritiladi va mezbon shaharlar nomi keyinroq ma’lum qilinadi.

Eslatib o‘tamiz, "Evro-2020" bahslari o‘tgan yil yozida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq koronavirus pandemiyasi sabab chempionat 2021 yil yoziga ko‘chirildi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!