
UEFA uni 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi
UEFA rasmiy saytida Evropa ligasi 1/8 finalidan o‘rin olgan "Slaviya" hamda "Reynjers" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvda sodir bo‘lgan voqea yuzasidan axborot berildi.
Unga ko‘ra, “Reynjers” futbolchisi Glen Kamaraga nisbatan irqchilik qilgani uchun “Slaviya” futbolchisi Onrjey Kudela UEFA tomonidan jazolandi. Tashkilot tartib-intizom qo‘mitasi 34 yoshli futbolchini UEFA miqyosidagi musobaqalardan 10 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qildi.
Kudela "Arsenal"ga (1:1) qarshi o‘yinda jarohat sabab ishtirok eta olmagan edi. UEFA ushbu o‘yinni ham inobatga oldi va endi Onrjey yana 9 ta o‘yin o‘tkazib yuborishi kerak.
UEFA Kamarani ham jazosiz qoldirmadi. U "Slaviya" futbolchisiga qasddan qo‘pollik ishlatgani uchun 3 ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi.
Fikrlar