UEFA Vinisius bilan bo‘lgan vaziyat yuzasida tergov boshladi
Yevropa futbol assotsiatsiyalari ittifoqi (UEFA) kecha tunda bo‘lib o‘tgan Chempionlar ligasi pley-off bosqichi doirasidagi “Benfika”-”Real” (0-1) o‘yinida Vinisius bilan bog‘liq irqchilik haqorati yuzasidan tergov jarayoni boshlanganini ma’lum qildi.
Xabarga ko‘ra, UEFA intizomiy reglamentining ehtimoliy buzilganligi qayd etilgan.
50-daqiqada Vinisius Juniornig goli ortidan vaziyat avj oldi. O‘yin davomida Vinisiusga nisbatan mezbonlar futbolchisi Janluka Prestianni haqoratli so‘zlar ishlatdi, Vinisius esa uni hakamga ma’lum qilib, o‘zi esa maydon tashqarisiga chiqdi. Aynan shu vaziyat ortidan uchrashuvda 10 daqiqa pauza yuzaga keldi. Shundan so‘ng u maydonga qaytdi va tomonlar uchrashuvni yakunlab qo‘yishdi.
"Ushbu holat bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumotlar yaqin orada taqdim etiladi", - deyiladi UEFA bayonotida.
Fikrlar