
UEFA yil terma jamoasiga nomzod 50 nafar futbolchi nomini e’lon qildi
UEFA rasmiy saytida “Yil terma jamoasi”ga nomzod futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi.
Ushbu ro‘yxatdan 5 ta darvozabon, 15 ta himoyachi, 15 ta yarim himoyachi va 15 ta hujumchi, jami 50 ta futbolchi joy olgan. Quyida ro‘yxat bilan tanishib olishingiz mumkin:
Darvozabonlar: Alisson ("Liverpul", Braziliya), Antoni Lopesh ("Lion", Portugaliya), Keylor Navas (PSJ, Kosta-Rika), Manuel Noyer ("Bavariya", Germaniya), Yan Oblak ("Atletiko", Sloveniya);
Himoyachilar: David Alaba ("Bavariya", Avstriya), Trent Aleksander-Arnold ("Liverpul", Angliya), Anxelino ("RB Leyptsig", Ispaniya), Xuan Bernat (PSJ, Ispaniya), Virdjil van Deyk ("Liverpul", Gollandiya), Stefan de Vrey ("Inter", Gollandiya), Matteys de Ligt ("Yuventus", Gollandiya), Alfonso Devis ("Bavariya", Kanada), Yozua Kimmix ("Bavariya", Germaniya), Presnel Kimpembe (PSJ, Frantsiya), Serxio Ramos ("Real", Ispaniya), Endryu Robertson ("Liverpul", Shotlandiya), Tyago Silva (PSJ/”Chelsi", Braziliya), Dayot Upamekano ("RB Leyptsig", Frantsiya), Xans Xatebur ("Atalanta", Gollandiya);
Yarim himoyachilar: Tyago Alkantara ("Bavariya”/”Liverpul", Ispaniya), Ussem Auar ("Lion", Frantsiya), Ever Banega ("Sevilya”/”Ash-Shabab", Argentina), Nikolo Barella ("Inter", Italiya), Alexandro Gomes ("Atalanta", Argentina), Leon Gorettska ("Bavariya", Germaniya), Kevin De Bryuyne ("Manchester Siti", Belgiya), Marsel Zabittser ("RB Leyptsig", Avstriya), Yosip Ilichich ("Atalanta", Sloveniya), Kingsli Koman ("Bavariya", Frantsiya), Markinos (PSJ, Braziliya), Tomas Myuller ("Bavariya", Germaniya), Brunu Fernandesh ("Sporting”/”Manchester Yunayted", Portugaliya), Kay Xaverts ("Bayer”/”Chelsi", Germaniya), Jordan Xenderson ("Liverpul", Angliya);
Hujumchilar: Serj Gnabri ("Bavariya", Germaniya), Anxel Di Mariya (PSJ, Argentina), Chiro Immobile ("Latsio", Italiya), Xarri Keyn ("Tottenxem", Angliya), Robert Levandovski ("Bavariya", Polsha), Romelu Lukaku ("Inter", Belgiya), Sadio Mane ("Liverpul", Senegal), Kilian Mbappe (PSJ, Frantsiya), Lionel Messi ("Barselona", Argentina), Neymar (PSJ, Braziliya), Krishtianu Ronaldu ("Yuventus", Portugaliya), Muhammad Saloh ("Liverpul", Misr), Raxim Sterling ("Manchester Siti", Angliya), Joau Felish ("Atletiko", Portugaliya), Erling Xoland ("Borussiya D", Norvegiya).
Fikrlar