Ueyn Runi: “Harri Keyn menga yosh Ronalduni eslatadi”

  • 21 noyabr, 15:01
  • Muhammadqodir Ruzmatov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted”ning sobiq hujumchisi Ueyn Runi jurnalistlar bilan suhbatda Harri Keyning  o‘yini haqida iliq fikr bildirdi va uni mashhur portugaliyalik futbolchi Krishtianu Ronalduga qiyosladi.

Tecno

Runi Goal saytiga bergan intervyusida Keynni   mankunyanliklar safidagi yosh Ronalduning o‘yinlariga o‘xshatganini aytdi.

“Menimcha, Harri Keyn Angliya terma jamoasining tarixidagi eng buyuk o‘yinchi. Keyn menga yosh Ronalduni eslatadi”, — dedi Runi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu mavsumda angliyalik forvard barcha turnirlarda 17 o‘yinda maydonga tushib, 23 ta gol urdi va 4 ta golli uzatma amalga oshirdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!