UFC 242. Nurmagomedov Poreni taslim qildi

CHERY AUTO

UFC 242 kechasining eng asosiy jangi bo‘lib o‘tdi. Unga ko‘ra, Xabib Nurmagomedov va Dastin Pore o‘zaro jang olib borishdi.

Tecno

Uchrashuv rossiyalik sportchining yaqqol ustunligida o‘tdi. Birinchi va ikkinchi raundlarda Nurmagomedov raqibini mag‘lub etish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo vaqtinchalik chempion Pore vaziyatdan chiqib ketishni uddasidan chiqa oldi. Uchinchi raundga kelib, Xabib Nurmagomedov texnik nokaut evaziga Dastin Poreni mag‘lub qildi.

Shunday qilib, Nurmagomedov ikkinchi bor chempionlikni muvaffaqiyatli himoya qila oldi va o‘zining 28-g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Pore esa chempionlik kamarini yo‘qotdi. U ketma-ket 5 ta jangdan beri mag‘lubiyatga uchramayotgan edi va 2016 yildan buyon ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Shaymardonov Nurbek Nasimovich
08/09/2019 02:11
Uzi ikkala notugri raqib edi. Habibka Toni mos raqib. tuliq vediyosini ham chiqaringla. Habib shunchaki super