
UFC 249 turnirida "super" janglar bo‘ladi
Dana Uaytning sayi-harakatlari tufayli, UFC 249 turniri o‘tkaziladigan bo‘ldi. Garchi, koronavirus pandemiyasi tufayli jang kechasi muxlislarsiz o‘tsa-da, ushbu oqshomida o‘ziga xos "super janglar bo‘lib o‘tadi.
Markaziy jang haqida ortiqcha to‘xtalishga hojat yo‘q. Toni qanday jangchi ekanligi barchaga ayon. Getji esa, ushbu vazn etakchilarini to‘xtata olish salohiyatiga ega bo‘lgan atlet hisoblanadi.
Qolaversa, ikkinchi markaziy jangda "somoncha" dvizioni vakillari Jessika Andrade Rouz Namayunasga qarshi oktagonga ko‘tariladi. Ushbu jangning qadr-qiymati ham yuqori... Chunki g‘olib, rasman chempionlik jangiga da’vogar bo‘ladi. Uni esa chempion Veyli Jang kutib turibdi.
Yana bir to‘qnashuv barchani diqqat-etiborida bo‘lsa ajab emas, ya’ni super og‘ir vazn toifasi vakillari Frensis Ngannu va Jairzino Rozenstruykning o‘zaro hisob-kitobi juda qiziq bo‘lishi turgan gap. Bir-biriga mos raqiblar, haqiqiy nokautchilar, ta’bir joiz bo‘lsa, UFC dagi eng kuchli zarba sohiblarining to‘qnashuvidir.
UFC 249 turnirining to‘liq janglari ro‘yxati:
Jastin Getji — Toni Fergyuson;
Jessika Andrade — Rouz Namayunas;
Greg Xardi — Yorgan De Kastro;
Visente Luke — Niko Prays;
Kelvin Kattar — Jeremi Stivens;
Jairzino Rozenstruyk — Frensis Ngannu;
Yuraya Xoll — Jakare Souza;
Aleksandr Ernandes — Omar Antonio Morales;
Marlon Vera — Rey Borg;
Maykl Jonson — Xama Vorti;
Sijara Yubenks — Sara Moras;
Rayan Spann — Sem Alvi.
Fikrlar