
"UFC 254". Ikkita jang birinchi raunddayoq yakunlandi
Abu-Dabida "UFC 254" turniriga start berildi.
Birinchi bo‘lib, Joel Alvares va Aleksandr Yakovlev o‘zaro to‘qnash keldi. Jangning dastlabki raundida Alvares raqibini taslim etdi.
Miranda Maverik va Liana Jojua o‘rtasidagi jangning birinchi raundida Maverik nokaut evaziga g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Kechaning markaziy jangida Habib Nurmagomedov va Jastin Getji o‘zaro to‘qnash keladi.
Ushbu musobaqaning matnli translyatsiyasini saytimizda kuzatib borish imkoniga egasiz.
Fikrlar