UFC 304 turniri asosiy kardi bilan tanishing (foto)

  • 8 iyul, 2024, 17:42
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Shu yilning 28 iyul kuni Angliyaning Manchester shahrida UFC 304 turniri bo‘lib o‘tadi.

Tecno

Promoushen matchmeykerlari turnirning asosiy kardini e’lon qilishdi. Quyida aktual bo‘lib turgan asosiy kard bilan tanishib chiqishingiz mumkin.

Eslatib o‘tamiz, kechaning "co main event"ida og‘ir vazn toifasi vaqtinchalik chempioni Tom Aspinall va Kyortis Bleydes oktagonga chiqsa, markaziy jangda yarim o‘rta vazn toifasi chempioni Leon Edvards o‘z kamarini Belal Muhammadga qarshi himoya qiladi.

Ma’lumot o‘rnida, Edvards va Bilal 2021 yil 13 mart kuni ilk marta to‘qnash kelgan va unda Edvards Bilalning ko‘ziga barmog‘ini tiqib olgani sabab, jang o‘tkazilmagan deb topilgandi.

Bleydes va Aspinall ham avval to‘qnash kelgan va ilk jangda Keyortis raqibini nokautga uchratgan. Demak, MMA muxlislarini revanshlarga boy turnir kutib turibdi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!