UFC egalari boks ligasini tashkil qilmoqchi

  • 9 yanvar, 15:27
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

UFC promousheniga egalik qiluvchi "TKO Group" kompaniyasi Saudiya Arabistoni sarmoyadorlari bilan birgalikda boks ligasini tashkil qiladi, deb xabar bermoqda "New York Times" gazetasi.

Kelishuv yaqin haftalarda e’lon qilinishi kutilmoqda.

Saudiya Arabistoni Jamg‘armasi moliyachi sifatida ishlaydi,"TKO Group" esa boshqaruv mas’uliyatini o‘z zimmasiga oladi. Boks bo‘yicha turnirlar Saudiya Arabistoni, AQSh va Evropada bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq  UFC bosh direktori Dana Uayt professional boksda ishlash istagini bildirgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!