
"UFC Fight Night 259" turnirining asosiy kard janglari yakunlandi
Ayni paytda AQShning San-Antonio shahrida "UFC Fight Night 259" turniri bo‘lib o‘tdi.
Hozirgina ushbu oqshomning asosiy kard janglari yakunlandi. Quyida shiddatli kechgan bahslarning natijasi bilan tanishib chiqishingiz mumkin:
Santyago Luna 1-raundda Kuang Leni texnik nokautga uchratdi.
Aleksandr Ernandes 2-raundda Diego Ferreyradan texnik nokaut evaziga ustun keldi.
Kelvin Gastellum hakamlarnign yakdil qaroriga ko‘ra Dastin Stoltsfusni mag‘lub etdi.
Rafa Garsiya 3-raundda Jerad Gordonni texnik nokaut qildi.
Devid Martines hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra Rob Font ustidan g‘alaba qozondi.
Diego Lopes 2-raundda Jan Silvani texnik nokautga uchratdi.
Fikrlar