UFC jangchisi 8 kishini yaraladi
AQShdagi barlardan birining mashinalarga mo‘ljallangan joyida bir kishi miltiq bilan sakkiz kishini yaralagan.
“Voqea jumadan shanbaga o‘tar kechasi San-Antonio shahrida yuz berdi. Yarim tunda, mast holatda bir kishi barga kirishga urindi. Ammo soqchilar uni ichkariga kiritmadilar. Biroz vaqt o‘tgach, u uch-to‘rt do‘sti bilan birga qaytib keldi.
U “Mening kimligimni bilasanmi? Men kaliforniyalik UFC jangchisiman! ”, -deya baqirdi. Keyin u o‘z mashinasiga o‘tirdi va miltiqni olib, ko‘chani kesib o‘tdi hamda o‘t ochdi ”, -deya mahalliy politsiya boshlig‘ining so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda “New York Times” nashri.
Otishma natijasida 23 yoshdan 41 yoshgacha bo‘lgan besh nafar ayol va uch erkak yaralangan. Xabar qilinishicha, jinoyatchi va uning do‘stlari voqea joyini politsiya kelgunga qadar tark etishgan. Ularni qidirish davom etmoqda.



Fikrlar