
"UFC Pound-For-Pound" reytingida yangi yulduz paydo bo‘ldi
Kanadada bo‘lib o‘tgan "UFC 315" turniridan so‘ng promoushen reytingni yangiladi.
Avstraliyalik Jek Della Maddalena Belal Muhammadni mag‘lubiyatga uchratib, yarim o‘rta vaznda chempionga aylanganidan P4P da 10 ta eng yaxshi jangchi qatoriga kirdi.
"UFC Pound-For-Pound" reytingi:
1. Islom Maxachev (Rossiya).
2. Jon Jons (AQSh).
3. Iliya Topuriya (Gruziya).
4. Merab Dvalishvili (Gruziya).
5. Drikus dyu Plessi (Janubiy Afrika).
6. Magomed Ankalaev (Rossiya).
7. Aleksandr Volkanovski (Avstraliya).
8. Aleks Pereyra (Braziliya).
9. Jek Della Maddalena (Avstraliya).
10. Aleksandr Pantoja (Braziliya).
Fikrlar