
UFCning "yangi yulduzi" yangi raqibini bilib oldi!
17 fevral kuni AQShning Kaliforniya shtatida "UFC 298" turniri tashkil etiladi.
Mazkur jang kechasi kardidan yana bir qarama-qarshilik o‘rin oldi. Ya’ni, rossiyalik Ikram Aliaskerov (15-1) AQSh vakili Antoni Ernandesga qarshi jang qiladigan bo‘ldi.
Aliaskerov UFCga Dana Uayt kontender series turniridagi g‘alabasi orqali qo‘shilgandi va keyinchalik 2 ta g‘alabaga erishdi. Ernandes xam ushbu Dana Uayt turniri orqali qo‘shilgan va 7 ta jang o‘tkao‘ib ulgurgan.Ularning 5 tasida g‘alaba qozongan.
Fikrlar