
Ugo Loris MLS klubiga o‘tish arafasida
Jarohat olib, uzoq muddatga safdan chiqqan va "Tottenxem"dagi o‘z o‘rnini yo‘qotib qo‘ygan Ugo Lorisning keyingi manzili deyarli aniq bo‘ldi.
Frantsiyalik posbon MLSning "Los-Anjeles Gelaksi" klubi bilan muzokaralar o‘tkazmoqda, deya xabar berdi "Daily Mail" nashri. "Shporlar" esa bu transferga rozi bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, Loris 2012 yildan beri "Tottenxem" sharafini himoya qilib kelmoqda. U klub tarkibida so‘nggi marta 23-aprel kuni "Nyukasl"dan uchralgan sharmandali mag‘lubiyatda maydonga tushgan.
Fikrlar