
Uimbldon. Alkaras va Sinner chorak finalga yo‘l oldi
Buyuk Britaniya kortlarida Uimbldon turniri davom etmoqda. Turnirning ikl chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi.
Unga ko‘ra, dunyoning uchinchi raqamli raketkasi Karlos Alkaras nimchorak final bosqichida Ugo Umberga qarshi kortga chiqdi va 6:3, 6:4, 1:6, 7:5 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga yo‘l oldi. Endi u mazkur bosqichda amerikalik Tommi Polga qarshi kurash olib boradi.
Ayni damda dunyoning birinchi raketkasi hisoblangan Yannik Sinner esa nimchorak finalda Ben Sheltonni 6:2, 6:4 va 7:6 hisobida mag‘lub etib, chorak finalga etib keldi. Endi u mazkur bosqichda rossiyalik Daniil Medvedevga qarshi kortga chiqadi.
Ma’lumot o‘rnida, chorak final bahslari ertaga start oladi.
Fikrlar